Ko'proq mehnat qilish yechim emas, To'xtash — orqaga qaytish emas
Bahrom Najmiddinov · life · 24/04/2026
Tasavvur qiling siz bir manzildan bir manzilga yetib olishizigiz kerak. Yo'lga chiqdingiz lekin qayerdadir boshqa yo'ldan yurib ketib qoldingiz. Endi savol, shu nato'g'ri yo'ldan "agar oxirigacha borsam, yetib boraman" degan fikr bilan davom ettiraversangiz yetib borasizmi? Balkim omadingiz kelsa, yerni aylanib chiqarsiz. Ha to'g'ri yaqin qolganda eng qiyini bo'ladi deyishadi lekin bu har doim ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin. Ayniqsa o'zingiz ketayotgan bo'lsangiz. Ba'zida yo'l juda ham uzoqlashib qiyinlashib ketganda savol berib ko'rish kerak ekan. To'g'ri ketyapmanmi, shunchaki "work hard" yordam beradimi? Agar moliyaviy jihatdan qiynalyotgan bo'lsanigz yanada ko'proq ishlashsam demak ko'proq topaman deb o'ylash menimcha xato. Siz hech qachon ko'proq ishlash bilan vaqtga qarshi chiqa olmaysiz. Ba'zida shunchaki to'xtab o'ylab ko'rish kerak ekan. Biroz nafas rostlab olish menimcha hech kimga zarar yetkizmaydi:). Bu yo'l to'g'rimi?, balim yo'lni so'rab ko'rish kerakdir yoki shunchaki boshidanoq navigator ishlatish kerak edi. Juda ko'p ishlarni yolg'iz qilamiz va shunchaki "ego" bilan albatta o'xshaydi fikrlarga o'zimizni aldab qo'yishimiz mumkin. Biror ishda, masalada albatta o'zimizdan tajribaliroq kishi bilan maslahatlashish eng to'g'ri qaror bo'lsa kerak. Men to'g'ri kelgan odamni maslahatini oling demadim. Albatta quruvchidan suzish haqida o'rganmaysiz. Lekin ba'zida agar o'zingiz, farzandingiz o'qishlari yaxshi bo'lmasa, shunchaki shu yerda strategiyani o'zgartirib ko'rish kerakdir? Balkim qiziqarli emasdir, balkim shunchaki bu joyda talantingiz yo'qdir. Doim ham o'xshamayotgan ishda yanada ko'proq harakat qilish, mehnat qilish shunchaki sizni tupikka kirkizib qo'yishi mumkin. Ha boshqa yerlarda shuncha qiynalganman, juda ko'p mehnat qilganman degan odamlarni ko'rasiz. Shuncha mehnatdan keyin zo'r bo'lib ketdim. Lekin shuncha mehnat qilib zo'r bo'lmaganlar qancha? Aysbergni faqat uchi ko'rinadi, hamma faqat o'xshab qolgan narsalarni ko'radi. Uni yo'li bilan sizniki tog'ri kelmasligi mumkin. Uni boshlash nuqtasi va sizniki umuman farq qilishi, yo'l davomida esa umuman har xil holatlardan o'tiladi. Eshak qancha mehnat qilgani bilan baribir boy bo'lmaydi. Ko'p mehnat kerak lekin nimada mehnat qilinyotgani undan ham muhim.
Bir nafas olib oling, shunchaki ko'r-ko'rona ko'proq mehnat qilish foyda berarmikan? Bor narsalaringizni ham yo'qotib qo'ymaysizmi?
Doim qilayotgan ishingiz, qayerga qarab ketyotganizni analiz qilib borish kerak va sizni yo'ldan yurgan kishilardan bittasi emas bir nechtasi bilan maslahatlashib, sizga eng to'g'ri keladigan yo'llarni tanlash kerak deb o'ylayman. Lekin doim Allohdan so'rash kerak, chunki agar sizga to'g'ri yo'lga burib qoymasa hech narsa foyda bermasa kerak yoki sizga allaqachon to'g'ri yo'lni ko'rsatib qo'ygandir shucnahki siz buni inkor qilayotgandirsiz?! Radikal bo'lmasdan ba'zida ko'proq narsani sinab ko'rib oxirida ko'proq natijali yo'lni tanlash kerakmikan? Bilmadim, bir narsa deyish qiyin. Bu hayot juda ham qiziqarli ishlarga to'la. Shuning uchun ham doim ketayotgan yo'lingizni analiz qilib borish kerak deb o'ylayman.
"Mening onam doim aytardi: 'Hayot — bir quti shokoladga o'xshaydi. Undan qaysi biri chiqishini hech qachon bila olmaysan'." (Life is like a box of chocolates. You never know what you're gonna get.) - Forrest Gump filmidan.